UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi nazorat ishlari

Qo‘shrabot tumani Samarqand viloyatining uzoq, chekka hududlaridan biri hisoblanadi. Hududda kelajak avlod vakillarini ta’lim olishlari uchun yangi binolar qurilishi belgilangan. Tumanning "Ozod" mahallasi Namuna qishlog’ida ham xayrli ishlarga qo‘l urilgan bo‘lib, “Temir qalqon stroy” MCHJ tomonidan 264 o‘rinli yangi maktab qurilmoqda. Ammo Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ushbu obyekt qurilishida me’yoriy talablar bajarilmayotganligi, bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.  

Xususan, obyektda terilayotgan gʻishtlarning gorizontal va vertikal choklari qorishma bilan toʻliq toʻldirilmagan, havo harorati 25 gradusdan yuqori boʻlganligi uchun terilayotgan gʻishtlar kamida 1 daqiqa suv bilan toʻydirilishi kerak boʻlsa-da, bu jarayon suv bilan toʻydirilmasdan bajarilmoqda. Shuningdek, qurilish maydoni belgilangan tartibda oʻralmaganligi, obyekt hududi qurilish chiqindilaridan tozalanmaganligi va texnika xavfsizligi qoidalariga umuman amal qilinmayotganligi aniqlandi. Ishchilar ham maxsus kiyim bosh bilan taʼminlanmagan. Bundan tashqari, qurilish materiallarini saqlash uchun maxsus joylar tashkil qilinmagan. 

Yuqorida aniqlangan barcha qoidabuzarliklar nazoratga olinib, Inspeksiya tomonidan qurilish tashkiloti mas’ullariga zudlik bilan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.