Samarqand viloyatida ham boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
Boshqa hududlar kabi Samarqand viloyatida ham boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Nurobod tumani “Sharq Yulduzi” MFY Yoshlik ko‘chasidagi 14-sonli uyning tom qismi "Nur sifat kommunal xizmati" BSK tomonidan mukammal ta’mirlanmoqda.
Shuningdek, tumanning Amir Temur mahallasidagi 8-sonli turar joyning kirish yo‘lagidagi o‘rindiqlari ta'mirlanib, "Sharq yulduzi" mahallasidagi 2 hamda 14-sonli uylarning kirish yo‘lagiga harakat datchikli tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.




