UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Samarqanddagi ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi

 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Kommunal ta’minot markazi” mutasaddilari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

 Unda boshqaruv tashkilotlarining debitorlik qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shu bilan birga faoliyat jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar joyida o‘rganilib, ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.

 Shuningdek, 1991-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli uylarning elektron pasportini ishlab chiqish dasturi ijrosi muhokama qilinib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Mazkur seminar tizimlarning samarali faoliyatini ta’minlash, muammolarni tezda hal qilish va kelgusida aniq rejalar asosida ishlashga xizmat qiladi.