UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Sangardakda 615 gektarli yirik turizm markazi qurilmoqda

Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini oshirish maqsadida "Sangardak" turistik markazi barpo etilyapti. Umumiy qiymati 913,3 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu loyiha 615 gektar maydonni qamrab oladi.

Markazda: 

  • 21 ta restoran, kafe va barlar;
  • 296 ta savdo nuqtasi;
  • mehmonxonalar 4 ta 3 yulduzli, 2 ta 5 yulduzli;
  • 10 ta mehmon uylari;
  • sanatoriy, madaniy hordiq maskani;
  • 1,6 km dor yo‘li, "zip layn" va piknik hududlari quriladi.

 Obyektning qurilish ishlari jadal sur’atda davom etmoqda. Dor yo‘lining boshlanish nuqtasi va tirgaklarni betonlash ishlari yakunlangan.

Kuni kecha mas’ullar "Sangardak" turizm majmuasi va "Nilu" mahallasini turizm qishlog‘iga aylantirish loyihalari ijrosi bilan tanishdilar. Loyihalar xalqaro talablar asosida, sifatli va samarali amalga oshirilishi ta’kidlandi.