UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Sayyor qabul murojaatlar yechimiga xizmat qiladi

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni joyida aniqlash, o‘rganish hamda bartaraf etish maqsadida Buxoro viloyati Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i S.Jumayev, viloyat va shahar Xalq Qabulxonalari vakillari hamda boshqa mas’ullar tomonidan Buxoro shahri "Do‘stlik" MFY binosida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda ta’mirtalab ko‘p kvartirali uy-joylar, issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar va shu kabi ko'plab dolzarb masalalar bo‘yicha ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi vakillarining murojaatlari tinglandi. 

Jarayonda soha bilan bog‘liq 20 dan ortiq murojaatlar qayd etilib, ularning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, ba’zi bir murojaatlarni o‘rganish ma'lum bir muddat talab etishi fuqarolarga tushuntirib o‘tildi.