UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Sergeli tumani uydan kelgan fuqarolarning boshqaruv servis kompaniyasi va billing tizimiga oid murojaati vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva va boshqa mutasaddilar tomonidan oʻrganildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva haftaning juma kunlari aholining uy-joy va kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qilib keladi. 

Qabulda poytaxtimizning Sergeli tumani 3-tor koʻchasi 19-son uydan kelgan fuqarolarning boshqaruv servis kompaniyasi va billing tizimiga oid murojaati vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva va boshqa mutasaddilar tomonidan oʻrganildi. 

Mazkur hududdagi 33 ta uyga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkiloti faoliyati koʻrib chiqildi. 

Toʻgʻri, hududni obodonlashtirish va boshqa xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida kamchiliklar yoʻq emas. Shunday boʻlsa-da, koʻpchilik aholi mazkur uylarga xizmat koʻrsatayotgan boshqaruv servis kompaniyasi xizmatlari qoniqarli ekanligini ta’kidladi. Qars ikki qoʻldan chiqadi, deganlaridek aholining majburiy badal toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamayotgani, mulkdorlarning aksariyat qismi “hudud faollari”ning notoʻgʻri chaqiriqlariga chalgʻib qolayotgani koʻzga tashlandi.

Ozoda Joʻrayeva aholi bilan suhbat umumiy mulk mas’uliyati, majburiy badal toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirish zarurati, koʻp kvartirali uylarning texnik holatini saqlashda mulkdorlarning vazifalari haqida ma’lumot berib oʻtdi. 

- Koʻp qavatli uy sizning mulkingiz. Uning texnik holatini yaxshi saqlashdan ham eng avvalo siz manfaatdor hisoblanasiz. Shu bois toʻlovlar izchilligiga e’tibor berishingiz shart. Majburiy badal toʻlovlari uyni saqlash, undagi muammolar oldini olishga sarflanadi. Agar toʻlov amalga oshirilmasa, uy holati ham yomonlashaveradi, - dedi Ozoda Joʻrayeva. 

Shuningdek, boshqaruv tashkiloti faoliyatini yanada yaxshilash va aholi muammolari bilan tizimli ishni tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.