Sergeli tumanida kuzatilgan favqulodda holat yuzasidan ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishchi guruh tuzilgan
Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida kuzatilgan favqulodda holat natijasida jabr ko‘rgan oilalarga ko‘mak berish maqsadida mas'ul tashkilotlar qatori Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi barcha boshqaruv servis kompaniyalari ham xizmatga bel bog‘ladi.
Jami 284 ta boshqaruv servis kompaniyasida faoliyat yurituvchi 5 mingdan ortiq ishchi-xodimlar hodisadan jabr ko'rgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash ishlarida faollik ko'rsatmoqda.
Ma’lumot uchun, Sergeli tumanida jami 674 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, mazkur uylarga bugungi kunda 15 ta boshqaruv tashkiloti tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinadi.
Sergeli tumanida kuzatilgan favqulodda holat yuzasidan ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishchi guruh tuzilgan.
Hozirda hududda joylashgan koʻp qavatli uylarning texnik holati va mulkdorlarga yetkazilgan zarar miqdori bilan bogʻliq maʼlumotlar umumlashtirilmoqda.