UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida ilmiy anjuman boshlandi

Bugun poytaxtimizda “Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida ilmiy anjuman boshlandi

Hilton Tashkent mehmonxonasida tashkil etilgan mazkur tadbirda Yaponiya, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi davlatlardan yetakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda. Mavzu bugungi urbanizatsiya jarayonida yuqori qavatli binolar qurilishida xavfsizlik va zilzilabardoshlik talablarini ta’minlash borasida muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov so‘zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda qurilish va kommunal sohada keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilayotgani va shu bilan bir qatorda zamonaviy standartlar, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish muhimligini ta’kidladi.


 

Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan anjumanda mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan muhim mavzularda taqdimotlar o‘tkazilmoqda

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Turkiyaning Emir Engineering, Yaponiyaning Kawakin, Germaniyaning Maurer kabi kompaniyalari, shuningdek, Istanbul texnik universiteti, Ajou universiteti va Janubiy Xitoy texnologiya universiteti olimlari tomonidan soha uchun dolzarb masalalar ko‘tarilmoqda.

Ma’ruzalarda seysmik hududlarda baland binolarni loyihalashda gibrid seysmik izolyatsiya tizimlarining roli, ultra-mustahkam betonlardan foydalanish, binolarning dinamik barqarorligini ta’minlash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar, real hayotdagi muammolar va ularning amaliy yechimlari keng muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, xorijiy tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish, zilzilabardoshlikni baholash metodikalarini takomillashtirish va zamonaviy qurilish materiallarining afzalliklari yuzasidan ham fikr almashilmoqda.

Tadbir soha mutaxassislari uchun ilmiy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, qurilish sifati va xavfsizligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Anjuman davom etmoqda.