UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

"Shaharsozlik faoliyatini geoaxborot bilan ta'minlashda innovatsion texnologiyalarning qo‘llanishi" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi

Bugun "Shaharsozlik faoliyatini geoaxborot bilan ta'minlashda innovatsion texnologiyalarning qo‘llanishi" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda “O‘zGAShKLITI” loyiha-qidiruv instituti hamkorligida tashkil etilgan seminar qurilish sektorining yetakchi mutaxassislari va vakillarini Buxoro shahriga jamladi. 

Tadbirdan shaharsozlik sohasidagi ilg‘or innovatsion texnologiyalar va eng so‘nggi yutuqlar bilan o‘rtoqlashish, o‘zaro tajriba almashish maqsad qilingan bo'lib, uning faxriy mehmoni – Latviya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Reynis Troksha bo‘ldi.

Seminarda shaharsozlik faoliyatini geoaxborot bilan ta'minlashning innovatsion yechimlari, xususan, muhandislik-texnik qidiruvlarni amalga oshirish, turli tarmoqlar uchun geografik axborot tizimlarini yaratish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, ularning afzalliklari va qulayliklari yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan ko‘rsatib berildi.

"Shaharsozlik faoliyatini geoaxborot bilan ta'minlashda innovatsion texnologiyalarning qo‘llanishi" mavzusidagi seminar davomida taqdim etilgan innovatsion yechimlar, qo‘llanilayotgan texnologiyalar va amalga oshirilgan loyihalar samarasi shaharsozlik sohasi rivojiga qo‘shilayotgan muhim hissa sifatida qayd etildi.

Ishtirokchilar tomonidan zamonaviy texnologik vositalardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish muhimligi ta'kidlanib, shu kabi hududiy tadbirlarni muntazam o‘tkazish taklifi ilgari surildi.