UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

"Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi" DM direktori Mirabbos Inoyatov boshchiligida hududiy boshqarmalar boshliqlari va markazning mas'ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi" DM direktori Mirabbos Inoyatov boshchiligida hududiy boshqarmalar boshliqlari va markazning mas'ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza ko'rigiga qabul qilish va o'tkazishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan manfaatlar to'qnashuvi holatlarini oldini olish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo'ldi. Bunda buyurtmachi va loyiha tashkilotlari vakillariga barcha jarayonning elektron tartibda amalga oshirilishini yetkazish darkorligi, inson omili aralashuviga yo'l qo'yilmasligi lozimligi ta'kidlandi. 

Shuningdek, yig'ilishda:

  • shaharsozlik hujjatlarini belgilangan normativlar talablari va reglamentiga muvofiq ekspertizadan o'tkazish; 
  • ekspertiza sifatini oshirish, bu yo'lda markazning barcha yo'nalishdagi ekspertlarning malakasini uzviy oshirib borish;
  • ish faoliyatida ijro intizomiga rioya qilinishini qat'iy nazoratga olish;
  • Markazga taqdim etilayotgan oylik yig'ma-tahlil hisobotlarda ko'rsatib o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yo'lida tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan hududiy boshqarmalar boshliqlariga tegishli ko'rsatmalar berildi.