UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Халқаро ҳамкорлик

Shaharsozlik norma va qoidalari Koreya tajribasi asosida takomillashtiriladi

    Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Koreyaning Yer, infrastruktura va transport vazirligi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov Koreyaning KICT (Koreya qurilish va texnologiyalar instituti) tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.  

    Ta'kidlash lozimki,  hamkorlik loyihasi bo’yicha 2024 yilda 102 ta shaharsozlik norma va qoidalari koreyalik ekspertlar bilan ushbu mamlakat tajribasi asosida ishlab chiqilishi va modernizatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Hozirda koreyalik ekspertlardan olingan ma’lumotlar asosida mahalliy mutaxassislar tomonidan ShNQni modernizatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda. 

     Uchrashuv davomida shuningdek,  loyihaning ikkinchi bosqichida soha uchun dolzarb va ustuvor hisoblangan seysmik mustahkamlik va yong’in xavfsizligi bo’yicha sinov laboratoriyasini tashkil etish hamda moliyalashtirish manbalari yuzasidan fikr almashildi.