Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoni asosida shaharsozlik sohasidagi mutaxassislarni ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha har uch yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etildi. Sertifikatlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida Kompetensiyani rivojlantirish instituti tashkil etildi.
Sertifikatlashtirish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 460-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.
| 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
• loyiha boshqaruvini va texnik nazorat, jumladan yo‘nalishlar bo‘yicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar;
• loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va arxitektorlari;
• pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislari;
| 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
• nazorat o‘lchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar;
• ekspert tashkilotlari ekspertlari;
• ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari;
| 2024-yil 1-apreldan boshlab:
• tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari;
• qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari tegishli tartibda o'qitiladi.
• qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlarining malakasi oshirilib, tegishli tartibda faoliyati sertifikatlashtiriladi.
Unutmang!
2025-yil 1-yanvardan boshlab sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarga:
- xavflilik darajasi II, III va IV toifali qurilish obyektlarining, shuningdek, budjet hisobidan moliyalashtiriladigan I toifali qurilish obyektlarining arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish;
- shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish;
- texnik nazoratni amalga oshirish, qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish va nazorat o‘lchovini amalga oshirish;
- jismoniy shaxslarga ko‘p kvartirali uylarning boshqaruv organlariga rahbarlik qilish taqiqlanadi.
O'qishning ikkinchi mavsumi joriy yilning 20-oktabr sanasidan boshlanadi.
Murojaat uchun:
+998 71 241 15 40
+998 93 333 33 90
+998 93 350 30 13