“SHARE Uzbekistan” xalqaro me’morchilik va shaharsozlik forumi start oldi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ko‘magida mamlakatimizda ilk bor “SHARE Uzbekistan” xalqaro me’morchilik va shaharsozlik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan shaharsozlik islohotlarini jahon me’morchiligi tajribasi bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Forumda 15 mamlakatdan 30 dan ortiq yetakchi me’mor va mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Vazir o‘rinbosari Davronjon Adilov forumni “o‘ziga xos maydoncha” sifatida ta’kidlab, uni o‘zbek me’morchilik maktabining professional rivojlanishiga yanada turtki berishini qayd etdi:
“Biz ishonamizki, xalqaro va mahalliy tajriba sinergiyasi zamonaviy va shu bilan birga milliy qadriyatlarimizga uyg‘un me’moriy yechimlarni yaratishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi”, – dedi vazir o‘rinbosari.