UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Sharof Rashidov tumani "Toqchiliq" mahallasidagi koʻp qavatli uylar atrofi obod etilmoqda

"Toqchiliq" mahallasida aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida keng koʻlamli obodonlashtirish va infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda. Mahalla ichki yoʻllari tekislanib, asosiy qatlam mustahkamlanmoqda va asfalt yotqizishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari suv taʼminotini yaxshilash maqsadida ichimlik suvi tarmoqlari uchun yangi quvurlar tortilmoqda. Yomgʻir va oqova suvlar uchun latoklar oʻrnatish ishlari ham bosqichma-bosqich bajarilmoqda. Shuningdek, hududdagi gaz quvurlari yangilanib, ularning tashqi qismi bo‘yoq bilan qoplab rang berilmoqda.

Ushbu ishlar yakunlangach, mahalla hududi yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy koʻrinishga ega boʻladi.