Shirinda yangi oqova suv tozalash inshooti qurildi
Davlatimiz rahbarining "Islom taraqqiyot banki ishtirokida Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 4,7 mln AQSH dollari hisobiga bunyod etilgan yangi inshootning ishga tushirilishi natijasida 19 mingdan ziyod aholining oqova suv xizmati yaxshilanib, 1 750 ta xonadon ilk marotaba markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ulandi.
Loyiha doirasida shuningdek, Farhod, Doʻstlik, Amir Temur va Mirzo Ulugʻbek nomli mahallalarida 14,2 km uzunlikdagi yangi oqova suv kollektorlari qurildi, 2 ta nasos stansiyasi rekonstruksiya qilindi.
Obyektda jarayonlarni samarali monitoring qilish va boshqarishni taʼminlaydigan SCADA va GIS tizimlari joriy etilgan. Bu yerda bir kecha-kunduzda 4 ming metr kub oqova suv tozalanishiga erishiladi.