SHNQlar xalqaro talablar asosida modernizatsiya qilinmoqda
Bugun vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) ning moliya sektori katta mutaxassisi Sakshi Varma boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o’tkazdi.
Unda respublikadagi tegishli manfaatdor vazirliklar bilan qilinayotgan “yashil binolar”ning loyihalari va mamlakatda shu kabi binolar uchun me’yoriy-huquqiy bazani rivojlantirishga qaratilgan harakatlar rejasi muhokama qilindi.
Uchrashuv so'nggida tomonlar “2.07.05-19 Yashil qurilish. Turar joy va jamoat binolari” SHNQlariga xalqaro talablar asosida o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, ushbu yo'nalishda ipotekaga yondashuvni rivojlantirish, EDGE, LEED, BREEAM sertifikatsiyalash tizimlari bo’yicha seminarlar tashkil etishga kelishib olishdi.