UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Эълонлар

Shu yilning 1-iyulidan amaliyotga joriy etilayotgan “eskrou” tizimi sizga qiziqmi?

Siz uy sotib olmoqchimisiz? Shu yilning 1-iyulidan amaliyotga joriy etilayotgan “eskrou” tizimi sizga qiziqmi? U holda “Boshpana” podkastini oʻtkazib yubormang. 

 Endi qurilishga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 

Eʼtibor bering, joriy yilning 1-iyulidan boshlab quruvchi va mijozlar oʻrtasidagi ulush kiritish shartnomalari majburiy tartibda notariusda tasdiqlanishi va kadastr roʻyxatidan oʻtkazilishi shart. Bunda shartnoma kadastr organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganda, ulushdorda, yaʼni sotib oluvchida talab qilish huquqi vujudga keladi. Shu sanadan eʼtiboran yangi mexanizm — “eskrou” tizimi joriy etiladi. 

Bu tizim ulushdor, yaʼni uy-joy sotib olish istagidagi xaridorning huquqlarini toʻliq himoyalab, toʻlov pullari ishonchli saqlanishini kafolatlaydi. Tez kunda Qurilish va uy- joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rasmiy sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.