UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida amaliy seminarlar o’tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Kommunal ta’minot markazi” davlat muassasasi rahbariyati hamda mutaxassislari tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida amaliy seminar yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida hududlarda boshqaruv organlarining debitorlik qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shu bilan birga faoliyat jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar joyida o‘rganilib, ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilishlarda 1991-yilgacha qurilgan ko‘p kvartirali uylarning elektron pasportini ishlab chiqish dasturi ijrosi muhokama qilinib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

 Mazkur amaliy uchrashuvlar hududiy tizimlarning samarali faoliyatini ta’minlash, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda kelgusida aniq rejalarga asoslangan ishlarga yo‘naltirilishi bilan ahamiyatlidir.