UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Sirdaryo viloyatida kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, o'rganish ishlari Yangiyer shahri "Yangi O’zbekiston" massivida qurilayotgan ko'p qavatli turar joylarda davom ettirildi.

Jarayonda qurilayotgan 6 ta ko'p qavatli turar joylarning bugungi holati ko'zdan kechirilganda tashqi elektr, ichimlik va oqova suv quvurlari, gaz tarmoqlarini tortish va issiqlik ta'minotini qurish borasida kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi, shu bilan bir qatorda hudud chiqindilardan tozalanmaganligi aniqlandi.

Ushbu kamchiliklar yuzasidan qurilish mas'ullariga yozma ko'rsatmalar berildi hamda holat inspeksiya xodimlari tomonidan nazoratga olindi.