Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi nazorat ishlari
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov ayni paytda Sirdaryo viloyatida bo'lib turibdi. Jarayonda inspeksiya rahbari viloyatda soha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Dastlabki manzil Guliston shahri hududidagi buyurtmachi "Guliston nihol qurilish" MCHJ tomonidan qurilayotgan birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binosiga ega bo'lgan ko'p qavatli turar joy bo’ldi.
Mazkur qurilayotgan bino belgilangan tartibda hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ro'yxatidan o'tgan, ammo buyurtmachi tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy tartibda savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binosining ustki qismiga yana bir qavat qo'shib olinganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan buyurtmachi hamda pudrat tashkiloti vakillariga bir necha marotaba qurilish ishlarini qonuniy tartibda amalga oshirish bo'yicha yozma ko'rsatmalar berilgan ammo holat bartaraf etilmagan. Undan so'ng belgilangan tartibda ma'muriy jarima choralari qo'llanilgan hamda noqonuniy qavatni bartaraf etish bo'yicha sudga da'vo arizalari kiritilgan.