Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Kompor.uz telegram kanalining 2024-yil 14-dekabrdagi tanqidi yuzasidan Sirdaryo viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
“Oʻzbekiston arxitekturasi va qurilishi” jurnaliga obunachilarni aniqlash va ular bilan shartnomalarni rasmiylashtirish inspeksiya vazifasiga kirmaydi va u bunday vakolatga ega emas. Tashkilotning funksiya va vazifalari Vazirlar Maxkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli Qarorining 5-ilovasi 2-bobida belgilab qoʻyilgan.
Sirdaryo viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bunday mazmundagi murojaatlarni hududiy inspeksiyani aholi orasida obroʻsizlantirish sifatida tushunadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.