UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Sirdaryo viloyatidagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonasiga press-tur tashkil etildi

 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida Sirdaryo viloyatidagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonasiga press-tur tashkil etildi.  Yirik gazoblok ishlab chiqaruvchilardan biri sanalgan “BS gazobeton” kompaniyasida bugungi kunda energotejamkor  texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. Maʼlum qilinganidek, mazkur tarmoq innovatsion yechimlarni oʻzida jamlagan boʻlib, ishlab chiqarishda “Aircrete” texnologiyasini joriy yetgan Markaziy  Osiyodagi yetakchi korxona hisoblanadi.  Press-tur  davomida ishtirokchilar ushbu texnologiyaning ishlab chiqarish jarayoniga  qanday integratsiyalashganiga guvoh boʻldilar. Malakali muhandislar texnik jihatlarni tushuntirib, jurnalistlarni  qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Korxona 6 ta hududda, jumladan, Toshkent, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm va  Sirdaryo viloyatlarida savdo ofislari hamda gazoblok saqlash punktlariga ega. 

Maʼlumot oʻrnida aytish oʻrinliki, korxona Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston kabi qoʻshni mamlakatlarga gazobloklarni muntazam yetkazib bermoqda.