UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Sirdaryoda “Eng yaxshi boshqaruv organi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbir Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da o'tkazildi. Hozirgi kunda Sirdaryo viloyatida 1 805 ta ko‘p qavatli uy-joy mavjud bo‘lib, ularga 33 ta boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Tanlovning 1-bosqichida barcha kompaniyalar faoliyati tahlil qilinib, viloyat bosqichiga 3 ta kompaniya yo‘llanma oldi. 

Tanlovning viloyat bosqichida qatnashchilar ish faoliyati bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, ko‘p qavatli uy-joylarning texnik holati maxsus komissiya tomonidan o‘rganildi.

Natijalarga ko‘ra Mirzaobod tumanida joylashgan “Rivojlanish kommunal servis” kompaniyasi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Tanlovda qatnashgan barcha boshqaruv servis kompaniyalariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.