UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Soha fidoiylari munosib taqdirlandilar

18-aprel Uy-joy kommunal xizmat kórsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Navoiy shahridagiFaravon” tantanalar majmuasida Navoiy viloyati kommunal sohasida namunali xizmat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh soha fidokorlari - jonkuyar ishchi-xizmatchilar tantanali taqdirlandi.

Bayramda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakillari, viloyat hokimligi hamda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi rahbariyati, viloyat "Issiqlik manbai" DUK rahbarlari ishtirok etdi hamda yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan qutladi.

Tadbirda Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Akbar Niyozov yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etar ekan, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi:

Sizlarning mehnatingiz jamiyatimiz farovonligi va hayot sifati uchun beqiyos ahamiyatga ega. Shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish, tozalikni saqlash, har bir uydagi aholiga qulay va xavfsiz turmush sharoitini yaratishdagi xizmatlaringiz hamisha eʼtirofga loyiq. Sizlarga sog‘lik-salomatlik, oilangizga tinchlik va baraka, mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Faoliyatingizda doimo yuksak eʼtirof va xalqimizning samimiy minnatdorchiligi hamroh bo‘lsin! 

Tantanali marosimda sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, eʼtirof va eʼzoz soha xodimlariga ko‘tarinki kayfiyat va mamnunlik tuyg‘ularini baxsh etdi.