UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Халқаро ҳамкорлик

Sohada tejamkorlik - birlamchi vazifamiz!

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Jahon banki Energetika sohasining global amaliyoti rahbari Stefani Gil va ushbu yoʻnalishdagi xorijlik mutaxassislar bilan uchrashdi.

Samimiy kechgan muloqotda vazirlik va tashkilot oʻrtasidagi hamkorlik yuqori darajadagi bitim va kelishuvlar asosida rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.   Xususan, Jahon banki bilan  “Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan isitish tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasining amalga oshirish bosqichlari muhokamalar markazida boʻldi. Taʼkidlandiki, mamlakatimizda olib borilayotgan ushbu loyiha energiya samaradorlikni oshirish va isitish tizimida xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashda muhim qadam boʻlib xizmat qilmoqda. 

Shuningdek, tomonlar koʻp qavatli uylarda energosamaradorlikni taʼminlash, bunda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlariga asoslanadigan istiqbolli loyihalarga ham eʼtibor qaratdilar.  

- Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni ushlab turish, qurilish va kommunal sohalardagi asosiy strategik vazifalardan biridir. Energetika infratuzilmasini zamonaviy yondashuvlar asosida tizimlashtirish, energotejamkorlikni taʼminlash yoʻnalishida hamkorlikka doim tayyormiz. Mamlakatimizda yashil texnologiyalar va ilgʻor yechimlarni joriy etishda sizlar bilan oʻzaro loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishimizga ishonaman, - dedi Sherzod Hidoyatov. 

Muzokaralarda issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish, mutaxassislarning malakasini oshirish yuzasidan yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.