UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Sohadagi fidokorona xizmatlar e’tirof etildi

 Bugun, 18-aprel — “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida bayramga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov so‘zga chiqib, sohada faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Yaqin tarixga nazar solsak, aholining eng zarur ehtiyojlari va kayfiyatiga bogʻliq kommunal soha tub islohotlarga muhtoj edi. Davlatimiz rahbarining barcha sohalar qatori uy-joy kommunal tizimini rivojlantirish boʻyicha olib borayotgan xalqchil siyosatlari ijobiy natijasini koʻrsatmoqda”, - dedi vazir.

Tadbir doirasida ushbu sohada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan, o‘z kasbiga fidoyilik bilan yondashayotgan bir guruh xodimlar va hamkor tashkilotlar vakillari Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan ta’sis etilgan “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofotlangan xodimlar ushbu e’tirofni fidokorona xizmatlariga berilgan yuksak baho, eng asosiysi — davlat ishonchining ifodasi ekanini ta’kidladi.