UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Surxondaryo viloyatiga bo‘lgan xizmat safari chog‘ida viloyat hokimi bilan uchrashib, uning kommunal sohada olib borayotgan salmoqli ishlarini alohida e’tirof etdi. 

Viloyatda so'nggi yillarda olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar kommunal xizmat ko’rsatish sifatining oshishi va aholi qulayligi ta’minlanishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi. 

- Surxondaryo viloyatida erishilayotgan yutuqlar zamirida siz boshchiligingizdagi jamoaning mehnatini yuksak e’tirof etamiz. Aholining qulay shart-sharoitini ta’minlash, xalq dardiga malham bo’lish yo’lidagi ezgu ishlaringizda omad tilaymiz. Sizlar bilan hamkorlikda davlatimiz rahbari boshlab bergan xalqchil islohotlarni amaliyotga joriy etishdan xursandmiz, - dedi vazir o‘rinbosari. 

O‘z o‘rnida viloyat hokimi bunday e’tibordan mamnun ekanligini, bu ishonch uning kelgusi faoliyatida mas’uliyatini oshirishini bildirib o‘tdi.