UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi  hamda "Surxondaryo suv ta’minoti" AJ xodimlari bilan birgalikda ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanish va undan besamar foydalanish  holatlarini oldini olish yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yil may oyining 10 kunligi doirasida o‘tkazilgan reyd  tadbirlari davomida 18 ta holatda fuqarolar tomonidan ichimlik suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish va besamar foydalanish holatlari aniqlandi.

Ushbu aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib,  holatlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.