UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Qoidabuzar iste’molchilarga qariyb 100 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Kuni kecha viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ xodimlari hamkorlikda  reyd tadbirlarini o‘tkazishdi.

Xususan, viloyatning Termiz shahri, Sho‘rchi, Oltinsoy va Boysun tumanlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 29 ta holatda iste’molchilar ichimlik suvidan noqonuniy hamda o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelganliklari aniqlanib, 98,6 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar rasmiylashtirildi.

Ularning jamiyatga yetkazgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan hisob-kitob qilinmoqda.

Reyd tadbirlari hududlar bo'ylab davom etmoqda.