Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, buyurtmachi tashkilot “Surxondaryosuvqurilishinvest” DM, loyihachi tashkilot “Salovat sifat loyiha” MCHJ, pudratchi tashkilot “Eshnazar Invest” MCHJ, mas'ullari murojaat bo'yicha Uzun tumanidagi Fayzobod kanali - gidrotexnik inshootlar bilan birgalikda rekonstruksiya qilish obyektida bajarilgan qurilish-montaj ishlarining loyiha-smeta hujjatlariga mosligini oʻrgandilar.
Kanalning geometrik oʻlchamlari joyida oʻrganilganda ular loyiha talabi asosida bajarilayotganligi aniqlandi.
Ushbu obyekt 2023-yil 21-dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining 672/7-sonli qaroriga asosan "2024-yilda suvni tejash hamda suv xo'jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan 2024-yil 31-martga qadar qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishiga ruxsat berilgan.





