UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Loyihachisi “SURXON ARX PROEKT” XKbo‘lgan,  buyurtmachi va pudratchi “Qurbonov Normo‘min”MCHJ tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahri A.Navoiy va 7/7 ko‘chalari kesishgan hududda ko‘p qavatli uy qurilishi amalga oshirilmoqda. 

Ushbu yer maydoni dastlab Termiz shahar hokimining 2018-yil 23-iyuldagi 2009-sonli qaroriga asosan 7 qavatli turar-joy binosi qurish uchun “Qurbonov Normo‘min” MCHJga ajratilgan. Keyinchalik 2019-yil 4-dekabrdagi 2938-sonli qarorgamuvofiq loyiha o‘zgartirilib, 9 qavatli uy qurish uchunruxsat berilgan.

Qurilish ishlari Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilgan holda olib borilmoqda. Inspeksiya tomonidan obyekt bo‘yicha 21 marta monitoring va 14 marta nazorat o‘tkazilgan. Natijada aniqlangan kamchiliklar yuzasidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan.

Biroq ikki holatda buyurtmachi tashkilotningtexnik nazoratchisi hamda loyihachi tashkilotning mualliflik nazoratchilari bu ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida bajarmagan. Shu sababli ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 99-moddasi 1-qismi asosida jarima qo‘llanilgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqiy baho berilishi uchun huquq tartibot idoralariga rasmiy murojaat yuborilgan.