UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (nazorat tadbirlari)

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari davom etadi.

Jumladan, Denov tumani Sharof Rashidov ko'chasi hududida pudratchi "Imozay"XK tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar joyda monitoring o'tkazilganda binoning 9-qavati devorlarida g'isht terish ishlari sifatsiz bajarilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari aynan shu hududda yana bir  pudratchi tashkilot "Ibrohim buildings A house" MChJ tomonidan qurilayotgan obyekt ham ko'zdan kechirilganda binoning 9-qavatida bajarilgan g'isht terish ishlarida SG-qurilish setkalaridan foydalanilmagani hamda binoning 7-qavatida gazoblok terish ishlarida loyihaga amal qilinmagani ma'lum bo'ldi.

 Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qurilish ishlarini bu tartibda nazoratsiz qoldirgan texnik hamda ichki nazoratchilarga qonuniy choralar ko'rildi hamda loyiha talablari asosida bajarilmagan ishlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi va qurilish ishlari to'xtatildi.