Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani "Yangi Oʻzbekiston" massivida ishga tushirilgan qozonxona faoliyati ko'rib chiqildi hamda "Gold street castle" BSKning qizg'in ish jarayonlari bilan tanishildi
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi mas'ullaridan iborat ishchi guruh hududlarda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, aholini energiya resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirib kelinayotgan ishlarni o'rganmoqdalar.
Jumladan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani "Yangi Oʻzbekiston" massivida ishga tushirilgan qozonxona faoliyati ko'rib chiqildi hamda "Gold street castle" BSKning qizg'in ish jarayonlari bilan tanishildi.
Xususan, Shargʻun shaharchasida "Bahora-Jahon davr" BSK, Denov tumanida "Denov interservis mir" MCHJ, Shoʻrchi tumanining "Shoʻrchi kommunal servis xizmat" BSKlari faoliyati tahlil qilinib, ko’p kvartirali uylarni mavsumga tayyorligi va aholi qulayligini oshirish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari o'rganildi.
Monitoring chog'ida sohaga doir muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muhokamalar tashkil qilindi va aniq vazifalar belgilab olindi.