Surxondaryoda ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda
Surxondaryoda ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Viloyatda 41 ming 700 dan ortiq xonadonga ega 1 664 ta ko‘p kvartirali uylar bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 388-son qaroriga muvofiq kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida joriy yilda 144 ta ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar BSKlar tomonidan ko‘p kvartirali uylar uchun 10,1 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan va 16,1 milliard so‘m majburiy badallar undirilgan. Boshqaruv tashkilotlarining 3,3 milliard so‘m mablag‘lari hisobidan 144 ta uy ta’mirlandi. Jumladan:
- 35 ta uyning 3,8 ming kvadrat metr tom qismi;
- 98 ta kirish yo‘laklari;
- 12 ta uyning yerto‘lasi va ichki muhandislik tarmoqlari;
- 41 ta uyning fasad qismi;
- 70 ta elektr taqsimlovchi shitlar ta’mirlandi;
- 45 ta temir eshik va 45 ta kodli qulflar, 177 kvadrat metr framuga oyna romlari, 250 mingta energiya tejovchi sensor lampalar o‘rnatildi.