UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Suv resurslar, ichimlik suv ta’minoti va sanitariya bo‘yicha sohaviy ishchi guruhining yig‘ilishi

Ayni damda Suv resurslar, ichimlik suv ta’minoti va sanitariya bo‘yicha sohaviy ishchi guruhining yig‘ilishi o’z ishini boshladi. 
 
Davlatimiz rahbarining tegishli topshirig’i bilan vazirlik va idoralar hamda respublika sohalarini takomillashtirishga hissa qo‘shayotgan donor tashkilotlar ishtirokida mamlakat platformasi tashkil etilgan bo’lib, mazkur faoliyat 
doirasida “Suv resurslar, ichimlik suv ta’minoti va sanitariya bo‘yicha sohasini rivojlantirish” bo‘yicha guruh tashkil etilgan.

Shveysariyaning taraqqiyot va hamkorlik agentligi mazkur ishchi guruhning yetakchi donor tashkiloti sifatida belgilangan. Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki, Amerikaning xalqaro rivojlanish agentligi, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa ittifoqi delegatsiyasi, Germaniya xalqaro hamkorlik koorparatsiyasi, BMT rivojlanish dasturi, Jahon banki, BMT qoshidagi bollarga favqulotda yordam xalqaro jamg‘armasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Koreys xalqaro hamkorlik agentligi donor tashkilotlar sifatida ro’yxatdan o’tgan.

Ishchi guruhning asosiy raislari sifatida Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi belgilangan.


Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda suv ta’minoti tizimi samaradorligini ta’minlash maqsadida Shveysariyaning taraqqiyot va rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda davlat ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirish yangi bosqichga olib chiqildi.

Xususan, mutaxassislar tomonidan avvalgi amalga oshirilgan loyihalar holati tahlil qilinib, kuchsiz tomonlar va imkoniyatlar aniqlandi hamda salohiyatni oshirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi.

Bundan tashqari Yaponiyaning Ji Ti I kompaniyasi tomonidan 2 mln dollarga yaqin grant mablag‘lari ajratilib, respublikamizning olis hududlaridagi 6 ta mahallarda 20 ming aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun zaruriy tizimlar ishlab chiqilmoqda.


Yig’ilishda Ichimlik suv ta'minoti va oqova suv tizimini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i G’ayrat Rahimov ham so’z olib, O’zbekistonda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan 2030-yilgacha strategiya xususida taqdimot o’tkazmoqda. 

Unda suv ta’minoti sohasida mavjud muammolar, xususan, xizmatlarni ko’rsatishning shaffof emasligi, tizimni raqamlashtirish masalalari, ma’nan eskirga infratuzilmalar, sohada kadrlarni yetishtirish hamda suv yo’qotishlarini oldini olish masalalari muhokamaga qo’yildi.

- Strategiya orqali sohadagi 15 ta muhim yo’nalishni isloh qilish rejalashtirilgan. Biz tomondan taklif etilayotgan mazkur chora-tadbirlar orqali amaldagi holatni tahlil qilish, samaradorlik uchun iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish, bunda xususiy sektor faoliyatiga e’tibor qaratish, davlat siyosati va nazoratini kuchaytirish, tariflarni shakllantirishni takomillashtirish nazarda tutilmoqda,- dedi G’.Rahimov

Yig’ilish muhokamalarga boy tarzda davom etmoqda.