UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Tadbirkorlar oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini yoʻllamoqdalar

Ayni paytda "ToshkentboshplanLITI" bosh loyiha institutida Sirdaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan 40 ga yaqin qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari, loyihachilar, kommunal xoʻjaligi vakillari, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun ochiq muloqot o‘tkazilmoqda. 

Tadbirni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mas'ullari olib boryapti. 

Tadbirkorlar oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini yoʻllamoqdalar. Xususan, har bir savol chuqur tahlil qilinib, uning yechimi borasida zarur taklif va mulohazalar ilgari surilmoqda.

Ma'lumot uchun, viloyatda 2024-yilda 59 ta 2 500 ta xonadondan iborat boʻlgan koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. 


Onlayn muloqot ishtirokchilari tomonidan quyidagi muammolar ochiq aytilmoqda: 

- ekspertiza koʻrigi davomida yuzaga kelinayotgan qiyinchiliklar;

- qurilish materiallari obyektlarga oʻz vaqtida yetkazib berilmayotgani; 

- tender va reyting tizimida uchrayotgan masalalar. 

Albatta mas'ullar tadbirkor bilan birga ularni tahliliy ko‘rib chiqib, joyida muammolarga yechim berishga intilishmoqda. 

Xususan, viloyat hududida 394 ta qurilish-pudrat tashkilotlari mavjud bo‘lib, ayni paytda 50 ga yaqin savol va takliflar o‘rganilmoqda.