UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingining mazmun-mohiyatini yetkazish mezonlari bilan tadbirkorlarni tanishtirish maqsadida tashkil etilgan seminarga start berildi

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingining mazmun-mohiyatini yetkazish mezonlari bilan tadbirkorlarni tanishtirish maqsadida tashkil etilgan seminarga start berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-sonli qarori bilan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish belgilangan.

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 34 749 tani tashkil etdi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad tadbirkorlarga 2024-yil 1-fevraldan joriy etilgan “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi”da ko‘zda tutilgan normalarning mazmun-mohiyatini hamda tadbirkorlarga uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha batafsil tushuntirish berishdan iborat.


Qarorning mazmun-mohiyati, barqarorlik reytingi bo‘yicha tadbirkorlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarni o‘z vaqtida qo‘llanilishi ustidan olib boriladigan nazorat, tadbirkorlik subyektlarining
barqarorlik reytingini aniqlashda avtomatlashtirilgan platforma, shuningdek, mamlakatimizda qurilish sohasida amalga oshiralayotgan ishlar, tadbirkorlarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi natijadorligi va yechimini kutayotgan masalalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan barqarorlik reytingi mezonlari mazmun-mohiyati xususida yigʻilganlarga ma’lumot berilmoqda.


Xoʻsh, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?

Prezidentimizning joriy yil 23-yanvardagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etilib, yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi

Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.

Agar tadbirkor «AAA» toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
- soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
- QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
- QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.


Seminar davomida so’zga chiqqan Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Davronjon Adilov "Qurilish resurslari milliy klassifikatori" elektron tizimi xususida to’xtalib o’tdi.

Ta’kidlanishicha, qurilish sohasida narx shakllanish tizimini shaffoflashtirish hamda hajm uslubida smeta hisob-kitoblarini joriy etilishi uchun zamin yaratish maqsadida joriy etilgan mazkur tizim narxlarni real vaqt rejimida yangilab borilishini ta'minlaydi. 

Bugungi kunda klassifikatorga 180 000 ga yaqin resurs kiritilgan va mazkur jarayon davom etmoqda.

- Klassifikatordagi har bir resurs o'zining unikal kodi ya'ni, artikuliga ega. Davlat idoralari, xususan, soliq hamda statistika hisobotlari bilan o'zaro integratsiya qilish va tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida klassifikator IFUT (OKED) hamda TIF TN (TN VED) bilan uyg'unlashtirilgan. Bundan tashqari resurslar mahalliy va xorijiy standartlar talablariga javob berishi lozimligi ham ko'rsatib o'tiladi. Bu esa resursning sifat darajasida ekanligi va tegishli standart talablariga muvofiqlik sertifikatining mavjudligini bildiradi. Klassifikatordan foydalanish buyurtmachi, loyihachi, quruvchi, ekspertiza va nazorat organlari, shuningdek, qurilish obyektini qabul qiluvchilar munosabatlarini soddalashtiradi, -  deya ta’kidladi D.Adilov.