UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Taklif va murojaatlarga bag'ishlangan qabul bo'lib o'tmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida aholining kommunal soha, xususan, ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish yo’nalishidagi murojaatlari haftaning har juma kunlari qabul qilinib kelishidan xabaringiz bor. Ayni damda ushbu yo'nalishdagi muammo, taklif va murojaatlarga bag'ishlangan qabul bo'lib o'tmoqda. Mazkur tadbirda boshqarma boshlig'i Obidjon Mo'minov va qator mas'ullar ishtirok etishmoqda.

Unda 30 nafarga yaqin aholi vakillarining o'z-o'zini boshqaruvchi tashkilot faoliyatidan norozilik, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini ko'rib chiqish, majburiy badal hamda billing tizimi masalasidagi bir qator murojaatlari qabul qilinyapti.

Hozirgacha 10 ta murojaat qabul qilindi va joyida tegishli o'rganishlar olib borildi. Xususan, ayrim fuqarolarning sohaga doir takliflari ham ko'rib chiqilmoqda.