UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

"Taraqqiyot" kichik sanoat zonasi: qurilishlar yakunlanib, korxonalar ish boshlashi kerak!

Mutasaddilar Yangi Namangan tumani “Sohil” mahallasida qad rostlayotgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasidagi qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirishdi. 

Xabaringiz bor, mebelchilikka ixtisoslashgan mazkur kichik sanoat zonasining umumiy maydoni 10 gektar boʻlib, kelgusida bu yerda 202,5 milliard soʻmlik 37 ta investitsiyaviy loyiha joylashtiriladi va 4 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi. Shuningdek, loyihaga koʻra ushbu hududda avtomobillarga servis xizmatlarni bir joyga jamlagan zamonaviy kompleks tashkil qilish rejalashtirilgan boʻlib, 2 gektar maydonni oʻz ichiga oladigan mazkur markaz ishga tushgach, 400 dan ortiq yangi ish oʻrinlari paydo boʻladi.

Mas’ullar bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishib, qurilish ishlarini sifatli va o’z vaqtida yakunlash, ishlab chiqarish loyihalarini tezroq hayotga tatbiq etish boʻyicha quruvchilarga tegishli koʻrsatmalar berishdi.