UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Tashkil etilgan press-turda ilk manzil — “Classic building communal” boshqaruv servis kompaniyasi

Tashkil etilgan press-turda ilk manzil — Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan 82 ta ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Classic building communal” boshqaruv servis kompaniyasi.

Boshqaruv tashkiloti 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 40 ga yaqin qo‘shimcha servis xizmatlar hamda 20 ga yaqin tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Boshqaruv kompaniyasiga tashrif davomida OAV vakillari tashkilot binosining zamonaviy talablar asosida barpo etilganiga guvoh bo'ldilar. Aholi va uning qulayligi uchun barcha sharoitlar hozirlangan. 

“Classic building communal” BSK faoliyati davomida 60 ta yerto‘ladagi barcha ichki muhandislik tarmoqlarini yangilagan. 62 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi to‘liq ta'mirlangan. Shuningdek, 55 ta markaziy elektr shchit, 200 dan ortiq kirish yo‘laklari mukammal hamda 27 000 kv/metr tom qismi joriy ta'mirdan chiqarilgan. Jamoa tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida hozirgi kunga qadar 6 ta zamonaviy bolalar o‘yingohi barpo etilgan.