UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi bo‘yicha tanlov o‘tkaziladigan ko‘p qavatli uylar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab Nukus shahrida ko‘p qavatli uylar o‘rtasida ichimlik suvidan oqilona foydalanish, aholining suvni tejash va uning ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur reytingda ishtirok etish uchun bugungi kunga qadar 38 ta ko‘p qavatli uyda 1 112 ta xonadon tanlab olindi.

Joriy yil yakuni bilan reyting tizimi natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarшning 50 foizidan ortig‘i belgilangan me’yorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko‘p qavatli uylarga quyosh paneli va uy atrofini yoritish moslamalarini bepul o‘rnatib berish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga mazkur tajriba 2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu hududlarda reyting tizimida ishtirok etish uchun 438 ta ko‘p qavatli uydagi 14 120 ta xonadon qamrab olindi. 

Tanlab olingan uylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan vazirlikning veb-saytida doimiy tanishib borishingiz mumkin.