UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Халқаро ҳамкорлик

Texnik me’yorlash ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Germaniyada malaka oshiradi

Vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati Germaniyaning Anhalt amaliy fanlar universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan,

– norma va standartlarni ishlab chiqish hamda laboratoriya ishlariga mutaxassislarni jalb qilish;
– magistratura, PhD mutaxassislarini tayyorlashni tashkil etish;
– qisqa muddatda stajirovka o‘tash va mutaxassislar uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning malakasini oshirish;
– tegishli sohalarda qo'shma tadqiqotlar o'tkazish;
– o'zaro manfaatli mavzularda seminarlar, trening va konferensiyalar tashkil etish;
– tashkilotlar o‘rtasida laboratoriyalardan foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash kabi masalalar ko'rib chiqildi. 
  
Uchrashuv nihoyasida belgilangan vazifalar bo'yicha hamkorlikda anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.