UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Халқаро ҳамкорлик

TEXNIK ME'YORLASH VA STANDARDLASHTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI MAS'ULLARI BMTTD VAKILLARI BILAN UCHRASHDI

Kuni kecha Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasida “Oʻzbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga koʻmaklashish” qoʻshma loyihasi bo’yicha Loyiha Kengashining XI yigʻilishi boʻlib o’tdi. 

Unda: 
- ENERGOAUDITORLAR BOZORIni shakllantirish maqsadida Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida "Energiya monitoringi tizimi" resurs markazini tashkil qilish;
- energiya samaradorligiga taalluqli xalqaro standartlarni qabul qilish;
- sinov laboratoriyasiga 11 turdagi sinov va oʻlchash uskunalari hamda asboblarini xarid qilish kabi masalalar muhokama qilindi va tomonlar kelishuviga erishildi.