UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Farg’ona politexnika instituti o’rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Farg’ona politexnika instituti o’rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. 

Shuningdek, kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-151-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan mazkur institutlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida bir qator hamkorlik yo’nalishlari muhokama qilindi. 

Jumladan, 

- shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarni va Yevrokodlarni ishlab chiqish;
- axborot modellashtirish texnologiyalari (BIM / Building Information Modeling)ni joriy etish boʻyicha hamkorlikda ishlar olib borish;
- bino va inshootlarni energiya samaradorligi bo‘yicha audit qilish va qurilishda energiya samarador va tejamkor materiallarni qoʻllash amaliyoti;
- sohadagi taʼlim dasturlarini hamkorlikda koʻrib chiqish va amaliyotga joriy etish; 
- bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari va alohida konstruktiv elementlari holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish va monitoring qilish;   
- shaharsozlik sohasida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
- hamkorlikda mahalliy va xalqaro loyihalarni tayyorlash;
- doktorantlarning ilmiy ishlarini Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti kompleks laboratoriyasida oʻtkazish.
       
Xususan, muloqot so‘nggida institutlar tomonidan imzolangan memorandum asosida hamkorlikdagi vazifalarni yanada  takomillashtirishga kelishib olindi.