UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Koreya qurilish muhandisligi va qurilish texnologiya instituti (KICT) vakillari bilan hamkorlik masalalari yuzasidan navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi

 Kuni kecha Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Koreya qurilish muhandisligi va qurilish texnologiya instituti (KICT) vakillari bilan hamkorlik masalalari yuzasidan navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.
 
Unda shaharsozlik norma va qoidalarini zamonaviy xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirgan holda takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi.
 
Shuningdek, 2024-yildan boshlab loyiha doirasidagi ishlarni elektron platforma orqali amalga oshirishga hamda shaharsozlik normalarini takomillashtirishga doir onlayn uchrashuvlarni tizimli ravishda haftada kamida ikki marta o‘tkazishga kelishib olindi.