Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida uchrashuvlar o’tkazdi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida uchrashuvlar o’tkazdi.
Maqsad Rossiya Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda buyurtmachi xizmati faoliyatini va arxitektura-qurilish nazorati jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat.
Uchrashuvda sohada shaffoflikni ta’minlash va raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi.