Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi
Xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo'lib turgan Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari Koreya muvofiqlik laboratoriyasi bilan tanishishdi.
Laboratoriya qurilish mahsulotlarini yong’in xavfsizligi, energiya samaradorlik, seysmik xavfsizlik, tabiiy (yomg’ir, qor, quyosh) ta’sirlariga chidamliligi bo'yicha ilmiy ishlar olib boradi. Shuningdek, iste’mol mahsulotlarining sog’liq va xavfsizlik talablariga, fotoelektrik massivlar, elektromobillar batareyalari hamda eshik va romlarning energiya samaradorligi ko’rsatkichlari bo’yicha sinovlar o’tkazadi. Shu bilan birga biotexnologiya va dasturiy ta’minotlarga oid yo’nalishlarda tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.
Tashrif davomida mutaxassislar seysmik xavfsizlik, energiya samaradorlik va yong’in xavfsizligi markazlarida bo’lib, to’gridan-to’gri sinovlarda ishtirok etishdi hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Xususan, sinov markazlarida Koreya standartlarini xalqaro talablarga moslashtirish hamda ular orasidagi tafovutlarni aniqlash uslublari bilan tanishdilar. Kelgusida o'zaro hamkorlik (mutaxassislar malakasini oshirish, sinov laboratoriyalarini tashkil etish) masalalarida kelishib olindi.






