TEXNIK ME'YORLASH VA STANDARTLASHTIRISH ILMIY TADQIQOT INSTITUTI VAKILLARI HAMDA TONGJI UNIVERSITETI VITSE-PREZIDENTI PENG ZHENWEI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA A’ZOLARI ISHTIROKIDA UCHRASHUV
Kuni kecha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti vakillari hamda Xitoyning qurilish sohasidagi yetakchi oliy ta'lim muassasasi sanalgan Tongji universiteti vitse-prezidenti Peng Zhenwei boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida uchrashuv o’tkazildi.
Unda sohaga doir quyidagi masalalar muhokama qilindi:
* hamkorlikda shaharsozlik norma va qoidalari hamda standartlarni modernizatsiya qilish;
* institut xodimlariga qisqa muddatli stajirovkalar tashkil qilish;
* ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiya va ko’rgazmalar tashkillashtirish;
* laboratoriya faoiliyatini Xitoy tajribasi asosida takomillashtirish hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi, shuningdek, bir qancha yo'nalishlar bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Shu o'rinda Tongji universiteti haqida ma’lumot:
Universitet 1907-yilda Xitoyning Shanxay provinsiyasida tashkil topgan. U mamlakat reytingida qurilish sohasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi. Xalqaro QS reytingida 216-o’rinda, Xalqaro THE reytingida esa 175-o‘ringa ega. 2792 nafar professor o'qituvchi va tadqiqotchilar, Xitoy Fanlar akademiyasi hamda Xitoy muhandislik akademiyasining 38 nafar a'zosi unda faoliyat olib boradi.