Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti hamda Wuhan texnologiya universiteti rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti hamda Xitoy davlatining Wuhan texnologiya universiteti rahbariyati ishtirokida joriy yilning 12-dekabr kuni uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda Institut xodimlarini qisqa va uzoq muddatli o‘qishga yuborish va bu orqali norma hamda standartdan takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda shuningdek, istiqboldagi vazifalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi va hamkorlik masalalariga doir bir qancha yo'nalishlar bo'yicha o'zaro kelishuvlarga erishildi.