UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mas'ullari Xitoy tadbirkorlar assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lyu Li boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdilar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mas'ullari Xitoy tadbirkorlar assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lyu Li boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdilar. 

Tadbirda:
– iyul oyida Tianjin provinsiyasi delegatsiyasining tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish;
– hamkorlikda laboratoriya yaratish;
– xodimlarning Xitoyda tajriba almashishlari uchun tashrif masalalarini tashkillashtirish hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
– eko shahar, energiya samarador bino va inshootlarni barpo etish singari masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, qurilish va uy-joy kommunal sohasidagi ustuvor vazifalar bo’yicha tajriba almashish borasida dastlabki kelishuvga erishildi.